Автор:
Муродилла Кучкаров, Асатулло Ражабов (Самарканд, Узбекистан)
Insoniyat hayoti uni o`rab turgan tabiiy muhit bilan uzviy bog`liq bo`lib, buni tasdiqlaydigan manbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon ko`lamida jadal sur’atlar bilan kechayotgan fan-texnika inqilobi odamlarning mehnat sharoiti, turmush darajasi yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etish bilan birga u tug`dirgan ekologik o`zgarishlar, o`z navbatida, insoniyatga, uni o`z bag`rida saqlayotgan ona tabiatga asoratli ta’sir ko`rsatmoqda [1].
Aniq ma’lumotlarga qaraganda, hozir har bir kishi o`zining hayot faoliyatida bir yil mobaynida 1m3 axlat qoldiradi. Shuncha miqdordagi chiqindi shahar, respublika miqyosida ko`riladigan bo`lsa, unda atrof-muhitimiz qanchalik ifloslanib ketishini tasavvur qilish mumkin bo`ladi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda atrof-muhit uchun zararli omil bo`lib xizmat qiladigan va odamlarda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ona tabiatning ekologik jihatdan buzilishiga olib keluvchi manbalar sanoat korxonalari chiqindilari hisoblanadi [2].
Sanoat korxonalari va boshqa xo`jalik chiqindilari uzoq yillar davomida tashqi muhitga aylanib yuradi, bir muhitdan ikkinchisiga o`tib turadi. Jumladan, qo`rg`oshin, DDT preparati kabilar vaqt o`tishi bilan o`z-o`zidan yuqolib ketmay, tabiatning biror-bir quchog`ida yig`ilib boradi. Ayrim tajovuzkor moddalar esa butun sayyora buylab aylanib yuradi. Masalan, DDT preparati inson qadami yetib-yetmagan Antarktida muzliklarida 2500 tonna miqdorida yig`ilib qolganliga haqida ma’lumotlar bor. Sanoat nihoyatda rivojlangan katta shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosidagi chang, tutun, qurum va tumanlar ba’zi vaqtlarda quyosh nurlarini tusib quyib, yer yuziga ultrabinafsha nurlarning o`tishiga yo`l bermaydi [3].
Ultrabinafsha nurlarning yer yuziga yetarli miqdorda tushmasligi, o`z navbatida, turli kasalliklarni, ayniqsa bolalarda raxit kasalligini keltirib chiqaradi.
Katta shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har xil bo`lishi shaharni obodonlashtirishga, daraxtlar va o`rmonlarning bo`lishiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga hamda ular shahar xududida joylashishiga bog`liqdir.
Havoning changli yoki tumanli bo`lishi, ifloslanishi va quyosh radiasiyasiga ta’siri shahar muhitini o`zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi, uning nisbiy namligini kamaytirishi ham mumkin. Shaharni quyuq tuman bosishi ham xavflidir, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga kirgach, salbiy ta’sir ko`rsatadi [1, 2].
O`zbekiston gidrometeorologiya markazi bergan ma’lumotlarga qaraganda, Olmaliq va Farg`ona, shuningdek Navoiy va Quqon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo`yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. O`zbekistonda doimiy manbalardan atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar 1,3 mln tonnaga yetdi. Jumladan, sulfat angidridi 538,8 ming, uglevodorod 427 ming,azot oksidi 94,1 ming tonna va kattik zarrachalar 317,4 ming tonnani tashkil etdi. Ana shu zararli moddalar asoratidan O`zbekiston shaharlarida kasalliklar 1,5 barobar ko`payib, bronxial astma 20 foiz ortdi. Bolalar organizmining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashish kuchi 25— foiz pasayib ketganligi kuzatildi [1].
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o`rganish va chiqindilarni zararsizlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish hamda ulardan oqilona foydalanish istiqbollarini yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Biz o`z oldimizga UzBAT Urgut filiali korxonasidan chiqayotgan chiqindilarni tarkibiy jihatdan o`rganish, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishni maqsad qilib oldik.
UzBAT Urgut filiali korxonasidan chiqayotgan chiqindilarning mikroelementar tarkibini o`rganish tajribalari Samarqand davlat universiteti “Mikroelementlar ilmiy tadqiqot laboratoriyasi”da olib borildi. Chiqindi tarkibidagi nmikroelementlar tarkibi Kovalskiy (1969), Xavezov (1983) va Aleskov (1988) usullari yordamida atom-adsorbsionli spektrofotometr (“Saturn”)dan foydalanilgan holda aniqlandi. Tajriba natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Urgut UzBAT korxonasi chiqindilari tarkibi, mg/kg da
Elementlar
|
Cu
|
Mn
|
Co
|
Ni
|
Fe
|
Cd
|
Pb
|
Cr
|
Ca
|
K
|
Zn
|
Miqdor
|
4,0
|
48,0
|
0,6
|
0,2
|
5,7
|
0,5
|
0,2
|
0,5
|
180,0
|
115,0
|
12,0
|
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, tamaki chiqindilari tarkibi eng ko`p miqdorda uchraydigan elementlarga Ca, K, Mn, kam miqdorda uchraydigan elementlarga Ni, Pb va Cr lar kiradi.
Sanoat korxonalari, jumladan Urgut UzBAT korxanasidan chiqadigan chiqindilarini zararsizlantirish, ulardan oqilona va samarali foydalanish usullaridan biri – ulardan kompostlar tayyorlash hamda qishloq xo`jalik ekinlari yetishtirishda ishlatishdir.
Chiqindilarni kompostlash - murakkab aerobli biologik jarayon bo`lib, unda organik moddalar tez chiriydi va o`simliklar tomonidan yaxshi o`zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddaning sintezi bilan davom etadi. Kompostlash natijasida axlatdan bir xil rangli, go`ngga o`xshash modda paydo bo`ladi.
Tabiiy holatda kompost tayyorlash jarayoni bir yil davom etishi mumkin. Mexanizmlar yordamida zararsizlantirish 1— kunda tugashi mumkin. Kompostlashda axlatlarni o`z-o`zidan qizishib temperaturasi ko`tarilib, qattik axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi.
Kompostlashda axlat harorati 60oC gacha kutarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar, gijja tuxumlari va xasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham qiriladi, demak odamlarni sog`lig`i uchun xavfli bo`lgan axvol o`z-o`zidan yuqoladi.
Adabiyotlar ro`yxati :
-
Qo`ng`irov X.N., Xo`jjiyev S.O. Atrof-muhit muhofazasi. Ma`ruzalar matni. Navoiy, 2008, 14-18 betlar.
-
Sh.A.Shirinboyev, M.G.Safin. Atrof-muhitni muhofaza qilish. – Samarqand, SamDCHTI, 2003, 77-80 betlar.
-
www.google.co.uz